Prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida 1 mingta startapni qöllab-quvvatlaş, «Open banking» tizimini joriy qiliş, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça beş yillik strategiya işlab çiqilişi aytilgan edi. Taqdimotda mutasaddilar şu boradagi rejalar va takliflar yuzasidan axborot berdi.

Strategiyani puxta işlab çiqiş uçun, avvalo, me’yoriy-huquqiy baza, moliyaviy texnologiyalarning hozirgi holati, infratuzilma va kadrlar masalasi tahlil qilinmoqda. Singapurlik ekspertlar jalb etilib, xalqaro tajriba örganilmoqda. Şu asosda bu sohadagi milliy tamoyillar şakllantiriladi, institutsional arxitektura va idoralararo hamkorlik tartibi belgilanadi. Yakuniy maqsad barqaror, inklyuziv va raqobatbardoş moliyaviy xizmatlar ekotizimini yaratişdir.

Bugungi kunda moliya bozorini sun’iy intellekt va blokçeyn texnologiyalarisiz rivojlantirib bölmaydi. Tahlillarga köra, bular orqali banklar daromadini 20 foizga, moliyaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oşirib, xavflarni 15 foizga kamaytiriş mumkin.

Davlat rahbari banklarning texnologik imkoniyatlarini kengaytirib, raqamli xizmatlarni köpaytiriş böyiça körsatma berdi.

Sohada muvaffaqiyat mezonlarini aniqlaş va boşqariş maqsadida Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyatini yölga qöyiş böyiça vazifalar belgilandi. Startaplar akseleratsiyasi, yangi ğoyalar va investitsiyalarga şaroit yaratiş uçun innovatsion xab taşkil qilinişi ma’qullandi. Ta’kidlanişiça, bu çora-tadbirlar kelgusida Özbekistonning mintaqaviy fintex markaziga aylanişiga xizmat qiladi.