Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 7 yoshdan kichik bolalarni mashinada yolg‘iz qoldirish taqiqlandi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonni imzoladi.
Qoidalarning yangi tahririda 7 yoshdan kichik bolalarni avtomobillarda bir o‘zlarini qoldirish taqiqlab qo‘yildi. Mashina to‘xtab turganda bola bilan birga katta yoshli odam bo‘lishi kerak.
Qoidalarning 12-bo‘limi transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishini tartibga soladi. Unga ko‘ra, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarining buzilishi ogohlantirish yoki 500 rubl miqdorida ma'muriy jarima solish bilan jazolanadi.
Yangi farmonda bolalarni transport vositalarida xavfsizlik kamarlari va tutib turuvchi qurilmalar – bolalar o‘rindiqlari bilangina tashish mumkinligi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026