Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh qo‘lga olindi
Farg‘ona va Buxoro viloyatlari IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tadbir davomida odam savdosi jinoyati bilan shug‘ullanuvchi guruh qo‘lga olindi.
Jizzax viloyatida yashovchi Dilshoda R. tanishi, Farg‘ona shahrida yashovchi R. Zumrad bilan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan N. Muborak hamda Toshloq tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan A. Feruzalarni Rossiya Federatsiyasiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborishni rejalashtirishadi.
Ularni Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov va sud organlaridan qochib yurgan M. Nilufar kutib olmoqchi bo‘lgan.
R. Dilshoda R. Zumradga jinoiy harakatlarini amalga oshirishlari uchun Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi A. Qayum va O. Tolib yordam bermoqchi bo‘lishgan.
Surishtiruv ishlar davomida A. Qayum va O. Tolib lar M. Nilufarning telefon orqali qilgan iltimosiga ko‘ra R. Dilshoda, R. Zumrad, N. Muborak hamda A. Feruzalarni Rossiya Federatsiyasiga olib borayotganliklari ma'lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Farg‘ona shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:25 / 29.03.2026
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi
11:41 / 21.03.2026