Buxoroda 22 yoşli hindistonlik talaba öz kursdoşi (yurtdoşi) bilan yuzaga kelgan janjal oqibatida vafot etdi. Bu haqda Hindiston naşrlaridan biri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Hindistonning Kerala ştatidan bölgan Savariya ismli qizni öldirişda gumonlanib, uning 23 yoşli kursdoşi Sadharul Anam qölga olingan.
Ta’kidlanişiça, hodisa 3 iyul kuni ikki talaba örtasida kelib çiqqan nizo ortidan sodir bölgan. Janjal paytida yigit qizning boşiga noutbuk bilan urgan. Jabrlanuvçi oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u içki qon ketişi oqibatida yuzaga kelgan asoratlar tufayli vafot etgan.
Har ikkalasi ham Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi ekani aytilmoqda. Yigit Özbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan. Savariyaning jasadi Hindistonga yetkazilgan.












