Jahon | 17:50 / 04.07.2017
8322
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Tramp Putin bilan 7 iyul kuni uchrashishini tasdiqladi

Vashingtonda AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin 7 iyul kuni Hamburgda «Katta yigirmatalik» sammitining birinchi kunida uchrashuv o‘tkazishi tasdiqlandi. Bu haqda amerikaliklarning NBC telekanalida ma'lum qilingan.

Bundan avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ushbu uchrashuv haqida ma'lum qilgandi.

«Aniq bo‘ldi, yettinchida [iyul]», — degan Kreml vakili jurnalistlarga.

U avvalroq bo‘lajak uchrashuvda siyosatchilar Suriya va Ukrainadagi vaziyatni, shuningdek, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish masalasini muhokama qilishi haqida aytib o‘tgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid