Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Mirabror Usmonovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni 70 yoshga to‘lgan Mirabror Usmonovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Mirabror Usmonov — taniqli davlat va sport arbobi. 1990—1992 yillarda O‘zbekiston savdo vaziri, 1992—1994 yillarda «O‘zbeksavdo» kompaniyasi raisi, 1994—2005 yillarda bosh vazir o‘rinbosari.
U 2006 yildan O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, 2013—2016 yillarda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga ham rahbar bo‘lgan.
Prezident farmonida Mirabror Usmonov davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlaridagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e'tiborini yuksaltirish, yosh avlodni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun yuksak unvon bilan taqdirlanishi qayd etilgan.
Milliy olimpiya qo‘mitasi saytida e'lon qilingan tabriknomada Mirabror Usmonov rahbarligida O‘zbekiston olimpiya delegatsiyasi eng yaxshi natijaga erishgani alohida ta'kidlangan. 2016 yili Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari jami 13 medal qo‘lga kiritib, 21-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
15:51 / 18.03.2026
Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi ko‘magida «Yorqin kelajak» parashaxmat turniri bo‘lib o‘tdi
09:54 / 06.03.2026
Serena pharma ta’sischisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
12:58 / 15.11.2025
Ko‘ksaroyda Qosim-Jo‘mart To‘qayevga “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni topshirildi
22:00 / 25.08.2025