Marosimda davlat rahbari Qosim-Jömart Töqayevning ikki qardoş xalq örtasida döstlik, yaqin qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşdagi ulkan şaxsiy xizmatlarini alohida ta’kidladi.
Qayd etilganidek, birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki xalq örtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi taraqqiyot darajasiga çiqqan. Parlamentlar, hukumatlar, hududlar, biznes doiralari, jamoatçilik va yoşlar örtasida faol hamkorlik yölga qöyilgan, madaniy-gumanitar almaşinuvlar izçil kengayib bormoqda.


Savdo aylanmasi barqaror ösmoqda, sanoat, qişloq xöjaligi, energetika va transport sohalarida yirik kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Şuningdek, Qosim-Jömart Töqayevning global miqyosda tinçlik va barqaror rivojlaniş, mintaqada işonç va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş yölidagi sa’y-harakatlari ham alohida e’tirof etildi.
Qozoğiston prezidenti mazkur yuksak mukofot uçun Özbekiston rahbari va xalqiga minnatdorlik izhor etar ekan, qardoş mamlakatlar örtasidagi döstlik va ittifoqçilik ruhidagi munosabatlar yanada mustahkamlanişiga işonç bildirdi.
















