Joriy yilning 15 mart kuni Özbekiston şaxmat federatsiyasi hamda Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi hamkorligida 18 yoşgaça bölgan imkoniyati çeklangan yoşlar örtasida “Yorqin kelajak” paraşaxmat turniri kötarinki ruh, samimiy muhit va katta qiziqiş bilan ötkazildi. Şuningdek, turnirda respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan iştirokçilar ham faol qatnaşdilar. Şuningdek, turnirda respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan iştirokçilar ham faol qatnaşdilar.
Mazkur musobaqa nafaqat sport tadbiri, balki yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon etişga xizmat qiluvçi muhim ijtimoiy loyiha sifatida ahamiyat kasb etdi. Qayd etiş joiz, uşbu turnir ikkinçi bor taşkil etilmoqda — ilk musobaqa ötgan yili ötkazilib, keng jamoatçilik tomonidan yuqori baholangan edi.

Turnir davomida iştirokçilar örtasida döstona muhit şakllanib, özaro hurmat va qöllab-quvvatlaş ruhi yaqqol namoyon böldi.

Musobaqa rapid şaxmat formatida, şveysarça tizim asosida 9 turdan iborat tarzda taşkil etildi. Qizğin va murosasiz keçgan bahslar yakunida eng kuçli iştirokçilar aniqlandi.

Musobaqada qariyb 100 nafar yoş şaxmatçi iştirok etib, ular özlarining yuqori tayyorgarligi, strategik fikrlaş qobiliyati va ğalabaga bölgan qat’iy intilişini namoyon etdilar.

🏆 Musobaqa ğoliblari:
10 yoşgaça bölganlar toifasida:
1-örin — Faxriddinova Yulduzxon
2-örin — Yaqubjanov Otabek
3-örin — Xayrulin Emilian














