Rossiya-Xitoy muzokaralari yakuni: 2 bayonot va 40 ta hujjat imzolandi
Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Tszinpin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar uchrashuv natijalariga ko‘ra qo‘shma matbuot-anjuman berdilar.
Ular 3 iyulda Kremlda norasmiy tushlikda uchrashgandilar. 4 iyulda esa to‘liq formatli muzokaralar bo‘lib o‘tdi va ular natijalariga ko‘ra tomonlar 2 ta bayonot qabul qilishdi va 40 ta hujjat imzolashdi.
Putin Xitoy rahbarining tashrifini Rossiya uchun yilning markaziy voqeasi deb atadi hamda Moskva va Pekin o‘rtasidagi hamkorlikning "hayratlanarli dinamikasini" ta'kidlab o‘tdi.
Putinning aytishicha, u Xitoy raisi bilan "Rossiya-Xitoy munosabatlarining butun spektrini" muhokama qilgan. Bunda asosiy rol iqtisodiy hamkorlikka berilgan.
Putinning ta'kidlashicha, 2016 yilda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi 4 foizga oshib, 60 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.
Putin qishloq xo‘jaligi mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning aytishicha, Rossiya Xitoyga g‘alla yetkazib berish hajmini oshiradi.
Tomonlar yuqori texnologik sohalardagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratdilar.
"Gap koinot hududini birgalikda o‘zlashtirish haqida ketmoqda. 2018-2022 yillar uchun koinot sohasida navbatdagi hamkorlik dasturi tayyorlanmoqda", deb aytgan Putin.
Putin Rossiya va Xitoyning tashqi siyosiy ustuvor vazifalaridan biri sifatida Koreya yarimorolidagi vaziyatni tartibga solishni aytdi.
Ikki tomon Shimoli-Sharqiy Osiyoda AQShning THAAD RQM tizimlarining joylashtirilishiga qarshi chiqdilar va xavfsizlik sohasida o‘z manfaatlarini himoyalash choralarini ko‘rish haqida kelishib oldilar. Pekin va Moskva Shimoliy Koreyani sinovlar o‘tkazishga taqiqlov qo‘yishga, Janubiy Koreya va AQShni esa mintaqada mashg‘ulotlar o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirishdi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra, har tomonlama hamkorlik va strategik o‘zaro harakatlarni chuqurlashtirish va dunyodagi joriy vaziyat bo‘yicha qo‘shma bayonotlar qabul qilindi.
Shuningdek, axborot hududini rivojlantirish sohasida hamkorlik haqidagi memorandum va aholining sanitar-epidemiologik farovonligi va hududlarning sanitar muhofazasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzolandi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024