Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung aqlli uy jihozlarini ishlab chiqarmoqda
Samsung kompaniyasi Amazon Echo va Google Home muqobili ustida ishlamoqda. Bu haqida The Wall Street Journal o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Vega kod nomini olgan kolonkaga Bixby ovozli yordamchisi integratsiyalashtiriladi. Bunda intellektual qurilmaning funksiyalar to‘plami hozircha aniq emas. Kolonkaning chiqish sanasi ham noma'lum.
Manbada keltirilishicha, qurilma ustida ishlash jarayoni Bixby'ga bog‘liq muammolar sabab qiyinlashmoqda. Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlarining asosiy ustunliklaridan biri sifatida reklama qilingan ovozli yordamchi o‘tgan oydagina ingliz tilini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi va u hamon avvalgidek beta-rejimida. WSJ ma'lumotlariga ko‘ra, Bixby'ning to‘liq relizi "iyulning ikkinchi yarmidan erta" kutilmaydi.
Jurnalistlarning taxminlariga ko‘ra, Samsung tezkorlik bilan o‘sib borayotgan aqlli uy jihozlari bozoriga chiqib, Amazon, Google, Apple va Microsoft kompaniyalariga raqobat muhitini yaratadi. Bundan tashqari, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Osiyoning Alibaba va Line internet-gigantlari ham shunday qurilmalarni ishlab chiqarishmoqda.
Mavzuga oid
13:42 / 02.12.2025
Samsung o‘zining birinchi uch buklanadigan Galaxy Z TriFold smartfonini taqdim etdi
22:27 / 01.11.2025
Smartfonlar bozorida 2025 yil yetakchilari aniqlandi
14:14 / 31.10.2025
Android iPhone’dan xavfsizroq chiqdi - Google yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi
13:10 / 29.10.2025