Jahon | 12:20 / 04.07.2017
12777
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Xitoyni KXDRga «shafqatsiz chora» qo‘llashga chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda «shafqatsiz qadam» tashlashni taklif etdi. U bu haqda shimol koreyslarining navbatdagi raketa uchirishidan keyin o‘z tvitterida yozib qoldirgan.

«Shimoliy Koreya yana bir raketa uchirmoqda. Bu yigit hayotida yaxshi ish ham qilishi mumkinmi? Janubiy Koreya va Yaponiya bunga sabr qilishda davom etishiga ishonish qiyin. Ehtimol, Xitoy Shimoliy Koreyaga nisbatan hal qiluvchi shafqatsiz qadamni tashlashi va bu ahmoqgarchilikni tugatar», — deya yozgan u.

Shimoliy Koreya 4 iyul kuni navbatdagi ballistik raketani uchirdi. Raketa Yaponiya maxsus iqtisodiy hududiga tushgani taxmin qilindi.

Bundan avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya va Xitoyni KXDR bilan munosabatlarda konstruktiv pozitsiya tanlashga chaqirishini xabar qilgandi.

Mavzuga oid