Sport | 21:35 / 04.07.2017
11652
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» mehmondagi g‘alaba evaziga yarim finalga chiqdi

Bugun O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri dastlabki uchrashuv bo‘lsa, biri dastlabki yarim finalchini aniqlab bergan javob uchrashuvi bo‘ldi.

O‘z uyida kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, imkoniyatlarini pasaytirib yuborgan «Dinamo» Muborakda xatosini to‘g‘irlay oldi va «Mash'al» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, mehmonda kiritilgan gollar evaziga yarim final ishtirokchisiga aylandi.

Chorak finalning boshqa bir uchrashuvida «Lokomotiv» «Buxoro» mehmoni bo‘ldi va uchrashuvda hisob ochilmay qoldi. Yarim final ishtirokchisi Toshkentdagi uchrashuvda aniqlanadi.

O‘zbekiston Kubogi, 1/4 final

Javob uchrashuvi

«Mash'al» - «Dinamo» 1:2 (0:1)

Gollar: Asiljon Begimqulov (53) — Amirjon Safarov (39), Sardor Sulaymonov (60, penalti).

«Mash'al»:  Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov (Abbos Shodmonov, 46), Maradona Safarov, Shahzod Shaymanov, Igor Timanyuk, Asiljon Begimqulov, Avaz Agaliyev, Zafar To‘rayev (Kenja To‘rayev, 71). Vladislav Pavlenko, Abdulloh Olimov (Mirzakamol Kamolov, 82), Zohir Qo‘ziboyev.

«Dinamo»: Temur Jo‘rayev, Mirkomil Lokayev, Hakimjon Alamxonov ( Sardor Sulaymonov, 55), Firdavs Abdusalomov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Radu Rogak, Shohruh Xolmatov, Orif Mamajonov, Amirjon Safarov, Saidjamol Davlatjonov (Javohir Qahramonov, 55).
Dastlabki uchrashuv — 1:0.

Dastlabki uchrashuv

«Buxoro» – «Lokomotiv» 0:0

«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Ivor Veytser (Islom Xoliqov, 83), Nozim Umurov (Bahriddin Vahobov, 68), San'at Shixov, Shohruh Gadoyev, Zohir Pirimov (Alisher Shog‘ulomov, 76), Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Mirjalol Jumayev, Ivan Nagayev.

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev (Salamat Qutiboyev, 74), Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze, Murod Bobojonov (Azizbek Omonov, 66), Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sherzod Fayziyev, Muhammad Kone.

Mavzuga oid