Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 qavatli bino temir yo‘l qurish uchun 10 metrga siljitildi
Xitoyning Xuaybey shahri (Anxoy viloyati) ishchilari ko‘ptonnalik 4 qavatli binoni 10 metrga siljitishdi. Bunga temir yo‘l liniyasini yotqizish uchun hududni bo‘shatish sabab bo‘ldi.
Hukumat idoralari joylashgan bino 2001 yilda qurilgan. Uning balandligi 14 metr bo‘lib, maydoni 1200 kv.m.ga yaqin bo‘lgan.
Shahar rejalaridan kelib chiqqan holda bino o‘rnida temir yo‘l quriladi. U Lanchjou — Lyanyungan va Pekin — Shanxay yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘laydi.
Mahalliy hukumat ekologik va iqtisodiy omillarni hisoblab chiqqach, binoni buzish o‘rniga uni boshqa o‘ringa ko‘chirishga qaror qilishdi. Bu vazifani ishchilar bor-yo‘g‘i 28 soat ichida uddalashdi. Shu bilan bino shimol tomonga 10 metrga siljidi.
Ta'kidlash kerak, ko‘ptonnali binoning o‘rnini o‘zgartirish bo‘yicha eng yirik loyihalardan biri o‘tgan asrning 30-yillarida Moskvada amalga oshirilgan. O‘shanda, transport magistrallarini kengaytirish maqsadida bir nechta toshli va yog‘ochdan barpo qilingan uylar ko‘chirilgan. Bu jarayon 1938 yili suratga olingan, ammo katta ekran yuzini ko‘rmagan «Yangi Moskva» filmida aks etgan.
Mavzuga oid
08:50
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026