Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» o‘z tarixidagi eng qimmat transfer haqida e'lon qildi
Londonning «Arsenal» klubi «Lion» hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida bayonot berilgan.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli fransuz hujumchisi londonliklar bilan uzoq muddatlik shartnoma imzolagan. Shartnomaning aniq muddati oshkor qilinmagan.
Ammo, VVS ma'lumotiga ko‘ra, «Arsenal» Lyakazett uchun 53 million yevro to‘lagan va qo‘shimcha 7 million bonus evaziga bu summa 60 million yevroga yetishi mumkin. Futbolchi jamoa bilan 5 yillik bitimga imzo chekkan. Bu «Arsenal» va «Lion» tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylangan
Eslatib o‘tamiz, hujumchi Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishga yaqin turgandi, biroq madridliklarga nisbatan transfer taqiqining joriy etilishi sabab, bu savdo amalga oshmay qolgandi.
Lyakazett «Lion» safida 2009 yilda debyut qilgandi. Aynan shu davrdan boshlab u lionliklar safida to‘p surib kelayotgandi.
Mavzuga oid
20:39 / 20.05.2026
Katta bo‘lgan «Arsenal». Jamoani chempion qilgan 4 omil
02:16 / 20.05.2026
Rasman: «Arsenal» 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi
11:01 / 19.05.2026
«Arsenal» g‘alabali seriyani davom ettirdi va chempionlikka yaqinlashdi
07:03 / 07.05.2026