Qozog‘istonning 18 millioninchi fuqarosi kim bo‘ldi?

Foto: tengrinews.kz
Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan qizcha mamlakatning 18 millioninchi fuqarosi bo‘ldi. Unga Muslima Samat qizi deb ism berishgan. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vaziri Timur Suleymenov xabar bermoqda.
“Muslima oilasida ikkinchi farzand hisoblanadi. U tug‘ilgan vaqt og‘irligi 3 300 gramm, bo‘yi esa 51 santimetr edi. Bolaning ota-onasi Toldiqo‘rg‘onda yashashadi. Onasi - Diana Yerikovna Omarxanova - defektolog, 1991 yilda tug‘ilgan. Otasi esa Samat Yerkinbekovich Bestibayev – o‘qituvchi. 1982 yilda tug‘ilgan”, - dedi vazir.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi aholisi 2017 yilning may oyida 18 million nafarga yetgan. Vazirlikning ta'kidlashicha, mamlakatning 18 millioninchi fuqarosini aniqlash uchun barcha demografik jarayon o‘rganib chiqilgan.
Mustaqillik yillarida Qozog‘iston aholisi 1 562,5 ming kishiga ko‘paydi va joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, 18 014,2 ming kishiga yetdi.
Mavzuga oid

00:32 / 12.04.2025
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025