Özi xorijda turib, işonçli vakili orqali xotini bilan ajraşayotgan yigitlar haqida eşitar ekansiz, ularning oila haqidagi tasavvurlari bunçalik zaif bölmasa, deb yoqa uşlaysiz. Sarpo-suruqlar tufayli kelini-yu, nabirasidan osongina voz keçgan qaynona tarbiyalagan farzand qançalik mört bölişini öylab kuyunadi, kişi... Yangi, muqim oilasidagilar hurmatini joyiga qöya olmagan kelinçakning ayuhannos solib, sudyalar bilan tortişganini körib, kim haqu kim nohaq, muammoning ildizi qayerda özi, deya boş çangallaysiz...

Samarqand viloyat xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan oilaviy ajralişlar soni ortgan hududlarda ötkazilayotgan seminarlar aynan şu muammolarning ildizini örganiş, ularni bartaraf etiş masalalariga bağişlanmoqda, deb yozadi «Oila va jamiyat» gazetasi.

Birinçi seminar şu yilning özida 60 dan ziyod oilaviy ajralişlar sodir bölgan Bulunğur tumanida ötdi. Xususan, uşbu tumandagi Döstlik, Amir Temur mahallalarida bu holatlar qariyb ikki baravarga ortgan. Seminar işida viloyat hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ğafurova, fuqarolik işlari böyiça viloyat sudi raisi M.Tojiboyev, «Mahalla» xayriya jamaot fondi viloyat boşqaruvi raisi M.Boboyorov oiladagi muhitga salbiy ta'sir körsatayotgan omillarni şarhlab, uning oldini olişda faollar oldida turgan vazifalar haqida söz yuritdi.

Tumandagi mahallalarning yaraştiriş komissiyasi a'zolari, diniy-ma'rifat va ma'naviy axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilar, faollar iştirok etgan anjumanda salbiy holatlarni yaxşilaş böyiça takliflar örtaga taşlandi. Muammolar yeçimini topiş yuzasidan bahs-munozaralar böldi. Tabiiyki, avvalo, tumanda oilaviy ajralişlarning keskin oşib ketişi sabablari örganildi.

— Joriy yilda oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni örganiş işlari har bir oiladagi real ahvolni çuqur biliş imkonini berdi, — deydi tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Ş.Pardayeva. — Buning natijasida sud orqali ajraşmay, bir neça yillab alohida yaşayotgan oilalar mavjudligi aniqlandi. Oqibatda ikkinçi marta uylangan yigitlar farzandlari uçun tegişli hujjatlarni rasmiylaştira olmagan. Bunday oilalarga huquqiy yordam berildi: ya'ni, ajrimlar qonuniylaştirildi. Natijada statistik ma'lumotlarda ajralişlar soni şu yilning birinçi çoragida keskin oşgandek körindi.

M.Ğafurova, viloyat hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi:

— Afsuski, aksariyat hollarda oila parokanda bölib, tiklanişining sira iloji bölmagandan keyingina xabardor bölamiz. Vaholanki, mahalla maslahatçilari bu oiladagi muhitdan xabardor, öz vaqtida tegişli idoralarga murojaat qilib, masalani ijobiy tomonga özgartiriş mumkin bölardi.