Statistika agentligi Özbekistonning demografik körsatkiçlarini e’lon qildi.
2024 yilning 1 yanvar holatiga Özbekiston aholisi 36,8 mln kişiga yetgan. Şundan 18,3 mln nafarini ayollar, 18,5 mln nafarini erkaklar taşkil etadi. 18,8 mln kişi şaharlarda, 18 mln kişi qişloqlarda yaşaydi.
Ma’lumotda keltirilişiça, 2023 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 283,8 mingni taşkil qilgan. Bu raqam 2022 yilda 296,7 ming bölgan.
Respublikada keyingi yillarda ajralişlar soni sezilarli köpaygan. Misol uçun, 2021 yilda 39,3 ming nikohdan ajraliş qayd etilgan bölsa, bu raqam 2022 yilda 48,7 mingni, 2023 yilda esa 49,2 mingni taşkil qilgan.
Şuningdek, Samarqand (4 mln 208,5 ming kişi), Farğona (4 mln 61,5 ming kişi) hamda Andijon (3 mln 394,4 ming kişi) viloyatlari aholisi eng köp bölgan hududlar sifatida qayd etilgan. Sirdaryo (914 ming kişi), Navoiy (1 mln 75,3 ming kişi) va Jizzax (1 mln 507,4 ming kişi) viloyatlari esa aholisi eng kam hududlar hisoblanadi.

Hududlar böyiça aholi ziçligining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahrida 1 kvadrat kilometrga örtaça 6787,5 kişini, Andijon viloyatida 789,4 kişini, Farğona viloyatida 600,8 kişini taşkil etgan. Eng past körsatkiçlar Navoiy viloyati (9,7 kişi) hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida (12 kişi) kuzatilgan.

2023 yilda Özbekistonga çet eldan 2,9 ming kişi köçib kelgan hamda 17,3 ming nafar özbekistonlik xorijga köçib ketgan.
















