Senatning navbatdagi yalpi majlisida oila institutini mustahkamlaş va nikohdan ajralişlarning oldini oliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan Oila va xotin-qizlar qömitasiga parlament sörovini yuboriş masalasi körib çiqildi.
Qayd qilinişiça, 2024 yilda 271776 ta nikoh tuzilgan bölsa, şu davrda nikohdan ajralişlar soni 45135 tani taşkil etgan. Ötgan yilda nikohdan ajralişlarning 28,5 foizi 30 yoşgaça bölgan şaxslarga töğri kelgan.
Nikohdan ajralişlarning eng köpi Toşkent şahri (5913 ta), Farğona (4800 ta), Andijon (4781 ta) va Samarqand viloyatlarida (4599 ta) kuzatilgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida 95275 ta nikoh tuzilgan bölib, nikohdan ajralişlar soni 23338 tani (24 foizni) taşkil etgan holda ötgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga (871 taga) ortgan. Respublikaning 112 ta tuman va şahrida nikohdan ajralişlar soni ösgan.
Nikohdan ajralişlarning sabablari tahlil qilinganda 2024 yilda nikohdan ajratişga doir 32217 ta ariza qanoatlantirilgani, şundan 17535 ta holatda (54 foiz) xarakter (fe’li) töğri kelmasligi, 1807 ta holatda (6 foiz) boşqa nikoh munosabatiga kirişganligi, 1222 ta holatda (4 foiz) oilaga tayyor emasligi, 1033 ta holatda (3 foiz) özaro işonçsizlik sabab qilib körsatilgan.
Bundan taşqari, 2024 yilda FHDYo organlarida 7499 ta oila özaro oilaviy kelişmovçilik sababli ajratilgan.
Nikoh yoşini qisqartiriş amaliyoti ham qator savollarni keltirib çiqarmoqda. Ötgan beş yilda hokimlar qarorlari asosida 391 ta holatda nikoh yoşi qisqartirilgan.
Nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh munosabatlariga kirişiş, voyaga yetmagan farzandni turmuşga beriş yoki uylantiriş, şuningdek, diniy marosimlarni amalga oşiriş holatlari köpayayotgani qayd etildi. Muhokama yakunida Oila va xotin-qizlar qömitasiga tegişli parlament sörovi yuboriş töğrisida Senat qarori qabul qilindi.

















