Qoraqalpog‘istonda kollej bitiruvchilari ish bilan ta'minlandi
O‘zbekistonda 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinishi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining barcha darajadagi deputatlaridan xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning og‘irini yengil qilish, o‘ylantirayotgan muammolarining yechimini topish, saylovchilarning taklif hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etishni taqozo etmoqda.
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarda ishtirok etmoqda.
Partiya matbuot xizmati xabar berishicha, 2017 yilning 3-4 iyul kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdijamilov Joldasbayning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida joylashgan “Guldursun” OFY va Saxtiyen shaharchasi hududidagi aholi bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Deputat hududdagi 13-son va 43-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi shart sharoitlari va muammolarini o‘rgandi hamda 2017 yil 9 sinf bitiruvchilarning kasbga yo‘nalishdagi qiziqishlari bilan yaqindan tanishdi va ular bilan suhbatlashdi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarining qiziqishlari borasida to‘lqinlanib gapirdilar. Uchrashuvda 13-sonli maktabning sport maydonchasida o‘quvchilar uchun yetarli sharoitlari bor ekanligi ammo maydonchaga sport chim yetishmasligi aniqlandi.
Shaharcha raisi Komil Sharipov suhbat davomida esa ovulda 650 nafardan ortik 7 yoshga yetmagan yoshlar borligi ovulga maktabgacha ta'lim muassasasi yo‘qligi to‘g‘risida fikr bildirdi.
Shundan keyin sport zalga yo‘l olgan deputatni sport murabbiysi Rasul Boltaboyev kutib oldi. Bu yerda 100 nafardan ortiq yoshlarimiz sportning basketbol, stol tennisi va milliy kurash bilan shug‘ullanishlari har yili an'anaviy tarzda 10 yanvar kuni polvon Boltaboyev To‘xtaboy tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab sportning milliy kurash turi bo‘yicha sport musobaqasiga O‘zbekistonning barcha joylaridan yoshlarimiz kelib sport musobaqasida faol ishtirok qilishlari xaqida faxrlanib gapirdi sport ustasi. Lekin sport zalga sport inventarlari yetishmasligi aniqlandi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati tomonidan yuqorida ko‘tarilgan muammolar hal etish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, natijasi nazoratga olindi.
Deputat sport maydonchaning yonida joylashgan “Guldursun Nafosati” nomli tikuvchilik sexiga kirib shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bu yerda 60 nafardan ortiq aholi ish bilan ta'minlangan. Uchrashuv davomida deputatning tashabbusi bilan kollej birtiruvchilari Shaxlo Xakimbayeva va Maxfira Azatovalar ushbu tikuvchilik sexiga ishga joylashtirildi.
Uchrashuvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:11 / 16.07.2020
«Virus butun dunyoda tibbiyot imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarmoqda» - «Milliy tiklanish» raisi o‘rinbosari shifokorlarni ayblamaslikka chaqirdi
13:10 / 14.05.2020
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi: Erkin iqtisodiy zonalar uchun alohida agentlik tashkil etish lozim
20:50 / 07.01.2020
Alisher Qodirov: Saylovchilar ongini ham o‘zgartirishimiz kerak
18:00 / 23.12.2019