Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung daromad bo‘yicha ilk bor Apple’ni ortda qoldirishi mumkin
Samsung Electronics’ning 2-chorak bo‘yicha daromadi ilk marotaba Apple’nikidan oshib ketishi mumkin. Bunga esa yangi Galaxy S8 smartfonining yaxshi sotilishi hamda OLED-displeylarga jumladan Apple tomondan talab o‘sishi sabab bo‘lgan. Bu haqda tahlilchilar xabar bermoqdalar.
Janubiy Koreya giganti o‘z hisobotini 7 iyulda chop etadi. Kompaniya tushum va daromadni ancha oshirishni mo‘ljallamoqda. Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung’ning 2-chorak bo‘yicha daromadi rekord darajadagi 13,29 trln vonni (11,5 mlrd dollar) tashkil qiladi, tushum esa 58,8 mlrd vondan (48 mlrd dollar) oshib ketadi. Agar baholashlar to‘g‘ri chiqsa, kompaniyaning operatsion daromadi yillik hisobda 63 foizga o‘sadi. Bu esa Samsung birinchi marta choraklik daromad bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirishini anglatadi.
Apple 2-chorak bo‘yicha 10,49 mlrd dollarlik foyda va 44,9 mlrd dollarlik tushum olgani haqida hisobot berishi kutilmoqda.
Ba'zi tahlilchilar yanada kattaroq raqamlarni aytishmoqda. KB Securities’dan Jyeff Kimning fikricha, Janubiy Koreya kompaniyasining foydasi 13,4 trln vonni (12 mlrd dollar) tashkil qiladi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
18:27 / 08.05.2026