Jahon | 20:23 / 06.07.2017
10466
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya Eron va Asadni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi kerakligini aytdi

Foto: REUTERS / Carlos Barria

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukrainani beqarorlashtirishni hamda Eron va Suriya tuzumlarini qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi kerakligini aytdi.  

Tramp 5 iyulda Polsha poytaxti Varshavaga kelgan. U 6 iyulda Polsha rahbariyati bilan muzokaralarda va Uch dengiz sammitida ishtirok etgan.

"Rossiya Ukraina beqarorlashtirishni bas qilishi, Suriya yoki Eron kabi tuzumlarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi lozim", deb aytgan Tramp Varshavadagi Krasinskiy maydonidagi nutqida.

Tramp Rossiya "umumiy dushmanlar bilan kurashishga va tsivilitsaziyani himoya qilishga javobgar xalqlar hamjamiyatiga qo‘shilishini" talab qildi.

Rossiya unga bildirilayotgan bu ayblovlarni rad etib keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid