Jahon | 08:05 / 07.07.2017
10852
1 daqiqa o‘qiladi

Hamburgdagi norozilik namoyishlarida 70dan ortiq politsiyachi jabrlandi

Foto: Kai Pfaffenbach/Reuters

Germaniyaning Hamburg shahrida namoyishchilarning politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlari oqibatida 74 politsiyachi jabrlandi. Bu haqda shahar huquqni muhofaza qilish organining Twitter sahifasida xabar qilingan. 

Boshqarma birinchi xabarda 15 nafar xodimi jabrlangani haqida xabar qilgan edi. Ulardan 3 nafari shifoxonaga ham yotqizilgan. Alaloqibat, jarohat olgan politsiyachilar soni ortdi. 

«Huquq-tartibot idorasining yana 59 xizmatchisi jabrlangani haqida xabar qilinmoqda. Namoyishchilardan necha kishi jarohatlangani haqida ma'lumotlar yo‘q», — deyiladi xabarda. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Hamburgdagi G20 sammiti arafasida 8 ming kishi namoyishlarda ishtirok etmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid