AQŞ prezidenti Donald Tramp 5 sentabr, juma kuni Janubiy Afrikada 22 va 23 noyabr kunlari bölib ötadigan G20 sammitida qatnaşmasligini ma’lum qildi. AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens G20 sammitida Oq uy rahbari örniga qatnaşadi.

Trampning sözlariga köra, 2026 yilgi G20 sammiti dekabr oyida özining Mayami yaqinidagi Doral şahridagi golf klubi va kurortida bölib ötadi.

«Ha, u Doralda bölib ötadi. Hamma uning öşa yerda bölişini xohlaydi, çunki u aeroport yonida, eng yaxşi joy, gözal», — deya AQŞ prezidentining sözlarini keltiradi AFP. Respublikaçi uçraşuv taşkil etişdan pul işlamasligini ta’kidladi. «Bu şartnoma pulga boğliq emas», dedi u.

Tramp, şuningdek, AQŞda bölib ötadigan G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinpingni qabul qilişdan xursand bölişini aytdi.