Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘l tumanida “soxta” soliqchi firibgar sherigi bilan ushlandi
Yangiyo‘l tumani DSI xodimi B.Sh. Yangiyo‘l shaharda istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz Sh.M. o‘zaro til biriktirgan holda Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi Z.M.ning ishonchini suiste'mol qilishgan.
Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, «Sh.M. o‘zini DSI xodimi sifatida tanishtirib, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi orqali uyingizni ro‘yxatdan o‘tkazib beramiz» - deb aldagan. Shu maqsadda, jabrdiydadan 2 mln so‘m pulni olib, bundan tashqari, mol-mulk va yer solig‘i uchun to‘lovlar sifatida 11ta xonadondan 1 mln 139 ming 700 so‘mni olib, ularga soxta kvitansiyalar taqdim qilgan holda ushbu pullarni bankka topshirmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlar.
Shu o‘rinda, aholiga bu kabi firibgarlarga chuv tushib qolmasliklari uchun uylariga kelgan va o‘zlarini davlat mulozimi yoki xodimi sifatida tanishtirgan kishilardan xizmat guvohnomlarini ko‘rsatishni talab qilishga haqli ekanliklari, hujjatlarni sinchiklab o‘rganishlari, shubha uyg‘otuvchi har qanday holatga bee'tibor bo‘lmaslik, zarur bo‘lganda 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat beramiz.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026