Jamiyat | 10:37 / 07.07.2017
8199
6 daqiqa o‘qiladi

“Forish Agro Valley” MChJ “Trastbank” XAB bilan birga echkichilikni rivojlantiradi

O‘zbekiston Prezidenti 2016 yil 18 noyabrda Jizzax viloyatiga amalga oshirgan saylovoldi tashrifida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jumladan, Jizzax viloyatida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining filiali va bo‘limini tashkil etish, Forish tumanida echkichilikni rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va aholi tomorqalarida parranda boqishni tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratish kabi vazifalarni belgilab bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha joriy yilning 1 iyul kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida  “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda “Forish Agro Valley” MChJ mutaxassislari tomonidan “Jizzax viloyati Forish tumanida echkichilikni rivojlantirish borasidagi ishlar sarhisobi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbar xodimlari, “Forish Agro Valley” mutaxassislari, Markaziy bankning Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi rahbarlari,  manfaatdor vazirliklar va idoralar, ishbilarmon doiralar vakillari, tadbirkorlar, ekspertlar, qishloq fuqarolar yig‘ini hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 yanvardagi “Jizzax viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi 19-sonli, 2017 yil 31 maydagi “Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 332-sonli va 2017 yil 5 iyunda “Jizzax viloyatida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda tadbirkorlik sub'yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 351-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash borasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda “Forish Agro Valley” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Ta'kidlash joizki, anjumanda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ko‘magida Forish tumanida “Forish Agro Valley” MChJ tashkil etilgani hamda bugungi kunda ushbu agrofirma tomonidan echkichilikni rivojlantirish bo‘yicha qurilish hamda tashkiliy masalalar amalga oshirilayotganligi haqida batafsil axborot berildi.

Bugungi kunda “Forish Agro Valley” MChJga echkichilikni rivojlantirish va jun yo‘nalishidagi naslli echkilar loyihasini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan loyiha qiymati 11,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi. “Forish Agro Valley”ning loyihadagi o‘z mablag‘i 3 mlrd so‘m, bank kreditlari 8,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Ushbu loyiha bo‘yicha 40ta ishchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, shu yilning mart oyidan boshlab Forish tumanida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Forish bo‘limi aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat ko‘rsatishni boshlaganligi, Jizzax shahrida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bo‘limining bino qurilishi ishlari olib borilayotganligi va yil yakuniga qadar bankning Forish filiali ishga tushirilishi rejalashtirilganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ayni kunlarda, respublikamiz bo‘ylab “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” loyihasi doirasidagi tadbirlar jadal va keng ko‘lamda davom ettirilib, tumanda echkichilik va parrandachilikni rivojlantirish borasida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Forish tumani markazida alohida o‘quv markazi ham tashkil etilgani, shu bilan birga, hozirda ushbu o‘quv markazida bank, soliq, hokimiyat va boshqa idoralar mutaxassislari ishtirokida aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga, qolaversa kollej bitiruvchilariga turli o‘quv kurslari va seminarlar tashkil etilayotgani ta'kidlab o‘tildi.

Shu bilan bir qatorda, Forish tuman markazida va Xonbandi shaharchasida aholini tadbirkorlikka jalb qilish markazlari ham tashkil etilgan bo‘lib, ushbu markazlar me'yoriy hujjatlar, banklarning ko‘rsatayotgan bank xizmatlari to‘g‘risidagi bukletlari, tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha boshlang‘ich biznes-rejalar va boshqa hujjatlar bilan ta'minlangani qayd etildi.

Xususan, tumanda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ko‘magida tashkil etilgan “Forish Agro Valley” agrofirmasi tomonidan echkichilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish hamda tashkiliy ishlar, bank tomonidan echkichilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun kreditlar ajratilayotgani mamlakat iqtisodini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan holda nafaqat aholi uchun juda zarur bo‘lgan yangi infratuzilma obektlari, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkoniyat berishi alohida qayd etildi.

Tadbir davomida viloyatda echkichilikni rivojlantirish maqsadida “Forish Agro Valley” MChJ echkichilik fermasining qurilishi bo‘yicha tamal toshi qo‘yildi.

Anjuman davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid