2026 yil 23 may kuni Trastbank xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Mastercard” xalqaro tölov tizimi bank kartasi egalari uçun ötkazgan “Trastbank bilan birga böling va sovğaga ega böling” aksiyasi sovrindorlari aniqlandi. Poytaxtimizdagi “Navröz” boğida ötkazilgan mazkur tadbirda Trastbank XAB rahbariyati, “Mastercard” xalqaro tölov tizimi mutasaddilari, moliya muassasi jamoasi va mijozlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Ta’kidlaş joizki, uşbu aksiya 2025 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 28 fevralga qadar bölgan davr içida ötkazilib, quyidagi qimmatbaho sovrinlar öynaldi:

a) AQŞga 1 dona ikki kişi uçun 10 kunlik sayohat yöllanmasi;

b) “Samsun TV” televizori (3 dona);

d) “Samsung” kir yuviş maşinasi (3 dona);

e) “iPhone 16 Pro” mobil aloqa telefoni (3 dona);

f) “Apple iPad Air 11” planşeti (3 dona);

g) elektr samokat (3 dona).

Boş sovrin – Xitoyda işlab çiqarilgan “Lixiang Li 7” gibrid avtomobili (1 dona).

Unda iştirok etiş uçun Trastbank tomonidan emissiya qilingan “Mastercard” kartasini oliş va u orqali bir kun davomida 10 (ön) AQŞ dollari hamda undan köp qiymatda tranzaksiyalarni amalga oşiriş zarur edi.

Tadbirda sovrindorlar aksiya iştirokçilari orasidan tasodifiy (random) tanlaş orqali aniqlanib, tasdiqlandi. Uşbu jarayonni bank mijozlari, OAV vakillari hamda jamoatçilik vakillari bevosita kuzatib bordi. Şuningdek, bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ham jonli efirda namoyiş etildi. Bu esa aksiyaning şaffofligidan dalolatdir.

Natijalarga köra, aksiya boş sovrini – “Lixiang Li 7” gibrid avtomobili bankning namanganlik mijozi Iqbolxon Dadaxonovaga nasib qildi.