O‘zbekiston | 21:40 / 07.07.2017
7080
2 daqiqa o‘qiladi

TIV: Ayrim muammolarni hal qilish uchun hujjatlarga o‘zgartirish kiritish talab etiladi

6 iyul kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vatandoshlar bilan bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yakunlariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Qariyb uch soat mobaynida «O‘zbekiston» va MY5 telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda O‘zbekiston fuqarolari hayotining turli jabhalariga doir, shuningdek, xalqaro siyosatning dolzarb mavzulariga oid 39 savolga javob berildi.

TIVda bo‘lib o‘tgan majlisda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot manzillariga kelib tushgan barcha murojaatlarni boshqa hukumat organlari bilan hamkorlikda darhol ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Hech bir xat, hech bir savol e'tiborsiz qolmasligi zarurligi ta'kidlandi.

«Shu bilan birga unutmaslik kerakki, ayrim muammolarni hal qilish uchun tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish talab etiladi», — deyilgan xabarda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid