Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdagi fuqarolarga yordam berish uchun maxsus bot ishga tushdi
Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolar murojaatlarini tezkor qabul qilish maqsadida maxsus Telegram botni ishga tushirdi.
Ma’lum qilinishicha, @tiv_yordam_bot orqali mintaqa davlatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari konsullik masalalari bo‘yicha murojaat yuborish, o‘z joylashuvi va holati haqida ma’lumot qoldirish hamda zarur holatlarda tezkor yordam so‘rash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fuqarolardan murojaat qoldirishda aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. Bu diplomatik vakolatxonalarga yurtdoshlarga tezkor yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijdagi fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning xavfsizligi va huquqlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
10:13 / 08.04.2026