Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi dahshatli to‘fon 16 kishining umriga zomin bo‘ldi
Yaponiya janubida joylashgaan Kyushu mintaqasida davom etayotgan rekord darajadagi yog‘ingarchilik sababli Fukuoka va Oita prefekturalarida 16 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.
Qutqaruvchilar guruhi Fukuokadagi Asakura shahrida tabiiy ofatdan halok bo‘lgan kishining jasadini topishgan. Shu bilan bu prefekturada hayotdan ko‘z yumganlar soni 13 nafarga yetgan.
Fukuoka rasmiylari 14 kishining taqdiri noma'lum qolayotganini aytar ekan, 10 kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan.
Oitada 3 kishining yostig‘i qurigani rasman tasdiqlangan, 4 kishi jabrlangan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026