Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon IIB mahalla bilan hamkorlikda “yangicha ishlash” tizimi asosida faoliyatni yo‘lga qo‘ydi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mahalla bilan hamkorlikda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida “yangicha ishlash” tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi markaziy apparati xodimlari profilaktika xizmati xodimlariga yaqindan yordam berish va “yangicha ishlash” tizimini faoliyatini tashkillashtirishda ko‘maklashishi maqsadida Andijon shahar xududida joylashgan 83 ta mahallaga biriktirildi.
Profilaktika inspektorlari mahalla posboni, fuqarolar yig‘inlarining faollari va jamoatchilik vakillari bilan jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish har bir mahallalarga kirish joylarida, aholi ko‘p to‘planadigan va savdo komplekslari atroflarida tashkil etilgan “mahalla post”larida xizmat olib borishmoqda.
Yangi yo‘nalishda tashkil etilgan xizmat viloyatning barcha shahar-tumanlarida ham faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
08:51
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026