Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Chechenistondagi ommaviy qatl haqidagi xabarga izoh berdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kremldagilar «Novaya gazeta»da e'lon qilingan va Checheniston hududidagi ommaviy qatl haqida so‘z yuritilgan maqolani ko‘rishgan.
«Ha, biz bu xabarlarni ko‘rdik, ularni e'tiborga oldik, shuningdek, biz Checheniston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan bu ma'lumotni rad etish bo‘yicha bayonotni ham e'tiborga oldik», - deya Peskovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ma'lumot anonim xarakterga ega bo‘lib, uning manbalari esa «tushunarsizdir».
Avvalroq «Novaya gazeta» nashri 2017 yilning 26 yanvariga o‘tar kechasi Chechenistonda «sudsiz qatl qilishlar» uyushtirilgani, kamida 27 kishi o‘ldirib yuborilgani haqida xabar tarqatdi.
Mavzuga oid
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026