Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya NATOdagi doimiy vakilini chaqirib olishga tayyor turibdi
Rasmiy Moskva NATOdagi vakolatxonasi darajasini doimiydan vaqtinchalikka tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu alyans siyosati tufayli ro‘y berishi mumkin, deb yozmoqda «Izvestiya» Rossiya TIVdagi manbalarga asosan.
Ta'kidlanishicha, bunday tashabbus alyans «konstruktiv muloqot tarafdori emasligi, istalgan munozaralar esa Rossiya tomoniga ayblovlar bilan yakun topayotgani» tufayli kelib chiqqan.
«Aleksandr Grushko Moskvaga qaytib kelganidan so‘ng, Bryusselda ishlar bo‘yicha muvaqqat vakilni qoldirish varianti ko‘rib chiqilmoqda», - degan manba.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyalar Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarovning ta'kidlashicha, alyans Moskva bilan hamkorlikdan voz kechgani inobatga olinsa, Rossiya tomonining ehtimoliy choralari o‘zini oqlaydi.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026