O‘zbekiston | 16:00 / 10.07.2017
7573
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonning yangi prezidentiga noma yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xaltmaagiyn Battulgani Mo‘g‘uliston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Sobiq prezident Tsaxiagiyn Elbegdorj (chapda) Xaltmaagiyn Battulganiga davlat muhrini topshirmoqda.
Foto: president.mn

“Sizning saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz Mo‘g‘uliston xalqining sizdek boy amaliy tajribaga ega va o‘z xalqi va mamlakati manfaatlariga sodiq xizmat qiluvchi mashhur va nufuzli siyosiy arbobga bo‘lgan yuqori ishonchi va hurmatini tasdiqladi”, - deyiladi matni TIV sayti tomonidan keltirilgan davlat rahbari maktubida.

O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonni ko‘p asrlik tarixga va o‘ziga xos madaniyatga, sezilarli tabiiy, iqtisodiy va transport-kommunikatsiya salohiyatlariga ega davlat sifatida tan olishi ta'kidlangan.

Diplomatik munosabatlarning 25 yillik davrida O‘zbekiston bilan Mongoliya o‘rtasida konstruktiv siyosiy muloqot, xalqaro tashkilotlar, avvalo, ShHT doirasida hamkorlik o‘rnatildi, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega”, - deb qayd etilgan maktubda.

O‘zbekiston prezidenti “birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz orqali davlatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida ikki tomonlama munosabatlarimizda sifat jihatdan yangi sahifani ochamiz”, - deb e'tirof etdi.

Muxolifatchi va dzyudochi Mo‘g‘uliston prezidenti etib saylandi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid