Mo‘g‘ulistonda o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida muxolifatdagi Demokratik partiya vakili Xaltmaagiyn Battulga g‘alaba qozondi. U o‘zining iqtidordagi Xalq partiyasi vakili bo‘lmish raqibidan deyarli 10 foiz ko‘proq ovoz to‘pladi.

Foto: GETTY IMAGES
Kecha Bosh saylov qo‘mitasi 99 foiz ovozlar sanoqdan o‘tkazilgach, prezidentlik saylovining ikkinchi turi natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra demokrat Xaltmaagiyn Battulga 50,6 foiz ovoz olgan, uning raqibi — parlament spikeri va Xalq partiyasi a'zosi Miyeegombin Enxbold esa 41,2 foiz.
Xaltmaagiyn Battulga yoshligida dzyudo va sambo kurashi turlari bilan shug‘ullangan va Mo‘g‘uliston terma jamoasi a'zosi ham bo‘gan. U anchadan beri siyosat bilan shug‘ullanadi: parlament deputati etib saylangan, transport vaziri bo‘lgan, so‘ngra sanoat vaziri lavozimida ham ishlagan.
Bundan tashqari, saylangan prezidentning keng tarmoqli biznes-manfaatlari ham bor: ularning orasida mehmonxonalar, Chingizxonga bag‘ishlangan ko‘ngilochar bog‘ ham bor.
















