Jahon | 16:15 / 11.07.2017
3397
1 daqiqa o‘qiladi

YeI kengashi Ukraina bilan assotsiatsiya kelishuvini ma'qulladi

Foto: EPA

YeIning barcha 28 davlati YeI – Ukraina assotsiatsiya kelishuvini ma'qulladi. Bu haqda YeI kengashi xabarnomasida ma'lum qilingan.

"11 iyul kuni Kengash YeI nomidan Ukraina bilan assotsiatsiya masalasini hal etishga qaror qildi", - deyiladi hujjatda. 

Unda ta'kidlanishicha, "bu jarayonni ratifikatsiya qilish chun yakuniy qadamdir".
"U kelishuvning 2017 yil 1 sentabridan kuchga kirishini ta'minlaydi", - deyiladi xabarda. 

Niderlandiya 14 iyunda Ukraina bilan assotsiatsiya kelishuvini ratifikatsiya qilganidan so‘ng, Kengash hujjatni ma'qullash jarayonini boshladi. 

Assotsiatsiya to‘g‘risidagi kelishuvning iqtisodiy hamkorlikka doir qismi 2014 yil 1 noyabridan, erkin savdo qismi 2016 1 yanvaridan vaqtinchalik asosda amal qilmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid