Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi maqola muallifi eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida pul mukofotini oladi
O‘zbekistonda “Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Ko‘rik-tanlov bir bosqichda Islom Karimovning 80 yilligi arafasida o‘tkaziladi.
Ko‘rik-tanlovga 2016-2017 yillarda respublika hamda xorij gazeta va jurnallarida chop etilgan, internet nashrlarida berilgan materiallar 2017 yilning 31 dekabrigacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta'sis etilgan:
“Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko‘rik-tanlovi g‘olibi maxsus diplom va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ikkinchi o‘rinni olgan ikkita ishtirokchi diplom va eng kam ish haqining 75 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Uchinchi o‘rinni olgan uchta ishtirokchi diplom va eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shu bilan birga, ko‘rik-tanlov tashkilotchilari rag‘batlantiruvchi mukofotlarni ham ta'sis etgan.
Ko‘rik-tanlov shartlari:
Ko‘rik-tanlovga milliy va xorijiy gazeta hamda jurnallarda, internet nashrlarida e'lon qilingan ishlar qabul qilinadi.
Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan ilmiy-ommabop maqolalarni baholashda quyidagi mezonlar qo‘llaniladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mustaqillikni qo‘lga kiritishga, milliy davlatchilikni qurishdagi tarixiy roli va ulkan hissasi yoritib berilganligi;
- Islom Karimovning buyuk shaxs, erkin fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat asoschisi va bunyodkori sifatidagi hayoti va serqirra faoliyati yoritib berilganligi;
- Islom Karimov rahbarligida O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va mustahkamlanishi tarixi yoritilganligi;
- tarixiy haqiqatga to‘g‘ri kelishi;
- ilmiy manbalardan keng foydalanganligi;
- yuqori ilmiy, badiiy saviyada yozilganligi;
- keng kitobxonlarga mo‘ljallanganligi.
Ko‘rik-tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
- muallif haqida ma'lumotnoma (obektivka);
- muallifning turar joyi haqidagi ma'lumotlar, uy va ish telefonlari raqamlari;
- muallifning pasport nusxasi.
Materiallar “Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko‘rik-tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100163, Toshkent shahri, Afrosiyob ko‘chasi, 1/1-uy.
Tanlov g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2018 yil 30 yanvar – Islom Karimov tavallud topgan kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:12 / 07.04.2026
Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi, g‘olibga elektromobil beriladi
21:00 / 03.04.2026
Toshkent davlat tibbiyot universiteti: xorijiy talabalar uchun nufuzli tanlov
19:00 / 03.04.2026
Mundialga yo‘l: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026™ mijozlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari aniqlandi
14:10 / 19.03.2026