Qirğizistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Islom Karimovning Özbekistonda olib borgan taşqi siyosati haqida fikr bildirdi. "Barçamiz Islom Karimovdan minnatdor bölişimiz kerak. U kişi özbeklarni dunyodan ajratib qöydi. Şu bilan u qirğiz va qozoqlarga imkoniyat yaratib berdi. Şuning uçun Qirğizistonda Islom Karimovga haykal örnatgan bölardim", dedi u.

Islom Karimov davrida Özbekistonning taşqi dunyoga nisbatan yopiq iqtisodiy siyosati qirğiz va qozoq tadbirkorlari uçun katta imkoniyat yaratdi, deya ta’kidlaydi Qirğizistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev.

Siyosatçi sözlariga köra, agar Karimov ham Özbekistonning amaldagi prezidenti Şavkat Mirziyoyev kabi siyosat yuritganida, öşa paytda qirğiz tadbirkorlari özbek biznesi bilan raqobatlaşa olmagan bölardi.

“Men qirğizlarning savdo-sotiqni özlaştirib olganiga hayron qoldim. Bu katta muvaffaqiyat böldi. Bu — qirğizlarning qobiliyatli ekanini, moslaşuvçanligini körsatadi. Rostini aytsam, 90- yillarda, prezident bölganimda, menda bunga şubha bor edi. Qirğizlar bozor mexanizmlarini özlaştirib keta oladimi, özbeklar bilan raqobatlaşa olamizmi, deb köp öylanardim. Çunki mening nazarimda bozor iqtisodiyotiga ötişimiz bilan özbek birodarlar butun Markaziy Osiyoni egallab, boşqaradigandek edi. Sababi ular sovet davridayoq bunga tayyor bölgan. Ammo barçamiz Islom Karimovdan minnatdor bölişimiz kerak. U kişi özbeklarni dunyodan ajratib qöydi. Şu bilan u qirğiz va qozoqlarga imkoniyat yaratib berdi. Şuning uçun Qirğizistonda Islom Karimovga haykal örnatgan bölardim. U bizga yöl oçib bergani uçun qirğizlar bozor mexanizmlarini özlaştirib oldi. Agar raqobat bölib, Islom Karimov Özbekistonni oçib qöyganda edi, mana, hozir Mirziyoyev kabi dunyoga oçilganda edi, biz ular bilan raqobatlaşa olmas edik”, degan siyosatçi podkastlardan birida.

Asqar Akayev kim?

Asqar Akayev Qirğizistonni 1992 yildan 2005 yilgaça boşqargan. Dastlab u mintaqada “demokratiya oroli”ni yaratişga uringan islohotçi sifatida e’tirof etiladi. 2005 yildagi “Lola inqilobi” fonida hokimiyatga Qurmanbek Bakiyev kelgaç, ağdarilgan prezident Moskvaga qoçişga majbur böladi.

Keyinçalik Qirğizistonda Akayevga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, 1992 yilda “Kameko” kompaniyasi bilan boş şartnoma tuzişda va 2003 yilda “Qumtor” loyihasini tasdiqlaşda beparvolik qilganlik aybi qöyildi. Söngra “sobiq prezident” maqomidan mahrum etiladi. Biroq 2021 yil avgustida Akayev Qirğizistonga qaytib, “Qumtor” işi böyiça tergov bilan hamkorlik qilişga rozi böldi. Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga körsatma berganidan söng u öz vatandoşlariga videomurojaat qilib, “Qumtor” loyihasi böyiça qaror qabul qilişda xatolarini tan oldi va uzr söradi. 2023 yilda Akayevga nisbatan jinoiy ta’qib qiliş da’vo muddati ötgani sababli tugatildi.

Akayev va Karimov munosabatlari

Garçi ikkisi ham possovet hududida öz davlatlarini bir vaqtda mustaqillikka olib çiqqan bölsa-da, Islom Karimov va Askar Akayev örtasidagi munosabatlar ança murakkab va ziddiyatli bölgan.

Akayev 1990 yillarning boşida Ğarb qadriyatlariga asoslangan, oçiqroq va liberal siyosat yuritişga harakat qiladi. Karimov esa kuçli markazlaşgan hokimiyat va qat’iy tartib-intizom tarafdori edi. Karimov Akayevning liberal siyosatini mintaqa xavfsizligi uçun xatarli va zaif deb hisoblagan bölsa, Akayev Özbekistondagi avtoritar boşqaruv usulini tez-tez tanqid qilib turardi. Şuningdek, Qirğiziston suv, Özbekiston esa gaz va energiya resurslariga boy mamlakatlar. Sovet davridan qolgan taqsimot tizimi buzilgaç, bu ikki davlat örtasida jiddiy muammolarni keltirib çiqardi. Qirğiziston qişda köproq energiya işlab çiqariş uçun suvni oçib yuborişga majbur bölardi, yozda esa suvni töplardi. Bu Özbekiston qişloq xöjaligi uçun suv tanqisligini keltirib çiqara boşlaydi. Bunga javoban Özbekiston Qirğizistonga gaz uzatişni çeklab qöya boşlaydi. Munosabatlardagi eng yirik inqirozlardan biri 1999 yildagi Botken voqealari bilan boğliq. Islom Karimov Akayev hukumatini jangarilarga qarşi yetarliça kuraşmaslikda va çegaralarni qöriqlay olmaslikda ayblaydi. Uşbu voqealardan söng Özbekiston bir tomonlama tartibda Qirğiziston bilan çegara tartibini qattiqlaştiradi.