O‘zbekiston | 10:30 / 11.07.2017
8372
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev «Pallada investment» qo‘shma korxonasiga bordi

Foto: O‘zA

Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni «Pallada investment» qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu yerda Yevropa texnologiyasi asosida «Imzo-Akfa» brendi ostida 20 dan ortiq turdagi romlar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda. Korxonada mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev korxona laboratoriyasi, ishlab chiqarish sexlarini ko‘zdan kechirdi. Korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish, eksport ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid