Jahon | 18:45 / 11.07.2017
3973
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson Qatarni boykot qilayotgan davlatlar TIV rahbarlari bilan uchrashadi

Misr tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr TIV rahbarlari bilan Qatar atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Misr tashqi ishlar vaziri Samix Shukriy saudiyalik hamkasbi Odil al-Jubayradan Qatarni boykot qilayotgan to‘rt arab davlati TIV rahbarlari, hamda AQSh davlati kotibi Reks Tillersonning Jidda shahridagi uchrashuviga taklifnoma oldi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Reks Tillerson Kuvayt, Qatar va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid