Tokioda yuqori texnologiyalardan foydalangan firibgar ustidan sud boshlandi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bir vaqtlar bitkoinlar (bitcoin, virtual valyuta, pul) bilan savdo qilgan yirik birja Mt.Gox xo‘jayini Mark Karpels ustidan sud jarayoni boshlandi. U mijozlar mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Birja 2013 yil kuzida mijozlari hisobidagi mablag‘lardan 340 million iyenni (salkam 3 million dollar) o‘z korporativ hisobiga o‘tkazgan. 2014 yil fevralida kompyuter tizimi ishdan chiqishi sababli g‘arazgo‘ylarning bitkoinlardan foydalanish ehtimoli yuqori ekanini vaj qilib, bitkoinlar bilan amaliyotlarni noma'lum muddatga to‘xtatgan edi.
Keyinchalik, jamg‘armaga qo‘yganlar o‘z hisobidagi pullarni ololmasligi ma'lum bo‘ldi. Yana bir necha kundan so‘ng, birja "mijozlar manfaati uchun" barcha amaliyotlarni to‘xtatishini bildirdi va 850 ming bitkoin "yo‘qolgani"ni e'lon qildi. Bu o‘sha vaqt kursi bo‘yicha 1 mlrd iyenga yaqin yoki 450 million dollarga yaqin mablag‘dir. Tez orada birja kasodga uchraganini ma'lum qildi. Unda 1,1 milliondan ortiq virtual hisoblar ochilgan edi.
Prokuratura Mark Karpelsni mijozlar pullarini o‘zlashtirib olish va boshqa iqtisodiy jinoyatlarda ayblamoqda.
Mavzuga oid
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024