Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabrdan avtomobillarga «chiroyli» nomerlarni kimoshdi savdosi orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda avtomobillar uchun chiroyli davlat raqamlarini olishda xorijiy mamlakatlar tajribalari qo‘llanilishi haqida avval ham xabar bergan edik. Respublika IIV YHXBB boshlig‘i, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev jurnalistlar bilan brifingda tez orada ushbu masalaga oydinlik kirituvchi hujjatlar ishlab chiqilishi haqida gapirib o‘tgan edi.
Nihoyat, o‘sha hujjat ishlab chiqilib, qabul qilindi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi «Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi №PQ-3127-sonli qarori davlat rahbari rasmiy saytida e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2017 yilning 1 sentabridan avtotransport vositalarining qayd etish davlat raqamlaridagi son va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga ko‘ra to‘lovlarning yuqoriroq stavkasi bo‘yicha tanlab olish, jumladan, ularni kimoshdi savdosi (auksion) orqali xarid qilish tartibi o‘rnatiladi.
Endi, hujjatga muvofiq, bir oy ichida yuqoriroq stavka bo‘yicha nomerlarni tanlash tartibi ham ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
20:45 / 16.04.2026
To‘rt oy oldin sotilgan Qurilish vazirligi binosi yana qayta auksionga qo‘yildi
15:42 / 05.02.2026
Yer auksioni bo‘yicha qalbaki hujjat tayyorlagan shaxs ushlandi
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025