Jamiyat | 20:49 / 12.07.2017
24244
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda fohishaxona saqlagan xavfli retsidivist ushlandi

2017 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 01:45 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan Dilnoza Yusupova Chilonzor tumani, 2-mavze, 36-uy, 39-xonadonda fohishaxona saqlab, 40.000 so‘m pul evaziga fuqaro «Z» va «G» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 4-qismi “b” bandi (xavfli retsidivist tomonidan fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid