O‘zbekiston | 21:48 / 12.07.2017
28079
2 daqiqa o‘qiladi

YPX xodimlari mototsikl va mobil videokameralar bilan ta'minlanadi

Foto: huquqburch.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyulda «Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №PQ-3127 sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishning yagona axborot-kompyuter tizimi ishga tushiriladi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi kompyuterlashgan tizim yanada kengaytirilib qo‘shiladi, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida ham shunday tizimlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Tajriba sifatida Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlarida mototsiklli yo‘l-patrul xizmati guruhlari tashkil etiladi. Ularning zimmasiga ko‘cha va yo‘llarning o‘tish qiyin bo‘lgan qatnov qismlari, odamlarning ommaviy to‘planish joylarida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, shuningdek xorijiy va boshqa delegatsiyalarni kuzatish vazifasi yuklatiladi.

Hujjatga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi yo‘l-patrul xizmati avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich audio- va videokuzatuv uskunalari, shuningdek, xodimlarni mobil videokameralar bilan ta'minlash borasida uch oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid