Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB rahbari Damashq kimyoviy qurol qo‘llaganiga doir dalillar bor ekanini aytdi
AQSh MRB rahbari Mark Pompeoning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar razvedka tuzilmalarida Suriya hukumat kuchlari Xon-Shayxunda 4 aprel kuni kimyoviy qurolni ishlatganiga doir aniq dalillar bor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Xon-Shayxundagi hodisadan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp u yerda aslida nimalar yuz berganini aniqlash bo‘yicha topshiriq bergan.
«Men unga (Trampga) aytdim, razvedka hamjamiyati kimyoviy hujum Suriya rejimi tomonidan amalga oshirilganini aniqladi. Men razvedka hamjamiyatida aniq dalillar bor ekanini bilardim. Bizning bunga ishonchimiz komil ekanini aytdim», - deya ma'lum qildi MRB rahbari.
Idlib viloyatidagi Xon-Shayxunda 4 aprel kuni yuz bergan kimyoviy hujum oqibatida taxminan 100 kishi halok bo‘ldi. AQSh Suriyani kimyoviy qurolni o‘z fuqarolariga qarshi qo‘llashda aybladi. Prezident Bashar Asad esa ayblovlarni tan olmayapti.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026