Jahon | 08:39 / 12.07.2017
4953
1 daqiqa o‘qiladi

MRB WikiLeaks’ni josuslik va Rossiya razvedkasi bilan ishlashda aybladi

AQSh MRB direktori Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, WikiLeaks o‘zini dushmanlik kayfiyatidagi josuslik tuzilmasi kabi “tutmoqda”, u asosiy e'tiborini AQShga qarshi qaratgan. Bu haqda Foreign Policy xabar berdi.

«WikiLeaks’ni nodavlat dushmanlik kayfiyatidagi josuslik tuzilmasi bo‘lgani sabab javobgarlikka tortish vaqti keldi. Uni Rossiya kabi davlatlar bunga undamoqda», - degan MRB rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya harbiy razvedkasi WikiLeaks’dan AQSh Demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasi serveridan o‘g‘irlangan elektron nomalarni e'lon qilishda foydalangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid