Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rtta viloyatda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas'uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari tug‘risida»gi №PQ-3129 sonli, 12 iyulda imzolangan Qarori Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Hujjatning kirish qismida u hududlarning sayyohlik salohiyatini dunyoga keng targ‘ib qilish, mamlakatimizga tashrif buyurishi kutilayotgan sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish, sohadagi mavjud muammolarni tizimli asosda bartaraf etish, ushbu vazifalarni amalga oshirishda joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas'uliyatini oshirish hamda turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingani ta'kidlanadi.
Qarorga ko‘ra, Iqtisodiyot vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari hamda Moliya vazirligining Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyati hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlarini joriy etish va ularning kotibiyatlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullangan.
Viloyat hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha kabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash;
- chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
- sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu boradagi mavjud muammolar va to‘siqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash;
- turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm
- yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish;
- qo‘shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko‘ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros obektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an'analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish;
- turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
- turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha mas'ul vazirlik, idora va qo‘mitalarning hududiy boshqarmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
- turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini ko‘rish.
Qarorda joriy etilayotgan lavozimlarni puxta maxsus bilimlarga, yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan, chet tillarini yaxshi biladigan, tajribali va malakali kadrlar bilan to‘ldirish yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritish belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026