O‘zbekiston | 11:08 / 13.07.2017
5086
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Jahon bankining mintaqaviy direktori tashrif buyurdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2017 yilning 13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukni qabul qildi. L.Burunchuk ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun nufuzli delegatsiya rahbari sifatida Toshkent shahriga keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Liliya Burunchuk shu yilning o‘zida to‘rtinchi marta mamlakatga tashrif buyurmoqda. Avvalroq Jahon banki delegatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan tanishish maqsadida Orolbo‘yiga tashrif buyurgan edi.

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi sherikchilik istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid