Jahon | 18:18 / 13.07.2017
7197
1 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi: Rossiya-Belarus mashqlarida aytilganidan ko‘proq kuchlar qatnashadi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, “G‘arb-2017” Rossiya-Belarus mashqlarida avval aytilganidan ko‘proq kuchlar ishtirok etmoqda.

“Avvalgi mashqlar tajribasidan kelib chiqib, bizda rasman aytilganidan ko‘proq kuchlar ishtirok etadi, degan fikr bor», - deya bosh kotib so‘zlarini keltiradi TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiyani mashqlar tufayli tahdid sifatida ko‘rayotgani yo‘q.

“Har bir davlat mashqlar o‘tkazish huquqiga ega, bu Rossiyaga ham tegishli”, - deya aniqlik kiritdi Stoltenberg.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid