Jahon | 20:02 / 13.07.2017
15474
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar Oyda g‘alati chaqinlar nega kuzatilganini tushuntirishdi

Nafaqat falakiyotchi mutaxassislar, havaskor astronomlar ham g‘alati chaqinni tez-tez kuzatishgan. Ularning tabiati uzoq vaqt mobaynida noma'lum bo‘lib kelayotgan edi, deb yozadi Set.

Ufologlar va turli fitna nazariyalari ixlosmandlari chaqinlarni o‘zga sayyoraliklarning uchar kemalari qo‘nishi va uchishi bilan tushuntirishayotgandi. Jiddiy olimlar esa vaziyatga haqqoniy tushuntirish berishdi. 

Astrofiziklar Yerning tabiiy yo‘ldoshi sirtidagi chaqinlarni quyidagicha izohlashdi: oyning atmosferasi siyrak gaz qobig‘idan iborat bo‘lsa-da, unda baribir bulutga o‘xshash zich to‘plamlar paydo bo‘ladi hamda ulardan quyosh nuri aks etadi. Yerdan turib qaralganda, oniy soniyada kuzatiluvchi ana shu aks chaqindek tuyuladi. 

Ekspertlarning fikricha, Oy sirtidagi kristallar ham elektr kuchi hosil qilib, chaqmoq effektini chaqirishi mumkin. Bundan tashqari, Oy sirtiga dam-badam turli meteoritlar kelib urilib turishi ham sir emas, ana shu to‘qnashuvlar ham Yerdan kuzatiluvchi chaqinlarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Mavzuga oid