Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati prokuraturasi qachon hisobot beradi?
13 iyulda Toshkent viloyati IIBda Prezident belgilab bergan profilaktika kuni munosabati bilan navbatdagi matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, birmuncha kamchiliklar bo‘lsa-da, mana ikki oydirki, jarayon davom etmoqda.
Xususan, OAVlari bilan uchrashuv bir haftada bir marotaba tashkil etilayotganiga qaramay, brifingligicha qolib ketmoqda. OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berish joriy etilayotgani yo‘q. Mazkur brifing yo‘lga qo‘yilganidan beri viloyat prokuraturasi vakili bir marta ishtirok etganidan so‘ng, umuman kelmay qo‘yganini qanday tushunishni to‘g‘risi anglay olmayapmiz.
Viloyat IIBga ayrim savollar bilan murojaat qilinsa, bu prokuratura vakolatiga kiradi, degan javobni eshitamiz. Savolimizga javob ololmasak ham, yoxud bu ma'lumotni hozircha bera olmaymiz, tergov siri deyishsa ham mayli edi, ammo murojaat qilish uchun Toshkent viloyati prokuraturasi vakilining ushbu brifingda ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi, nazdimizda.
Shunga ko‘ra, Toshkent viloyati prokuraturasi o‘z vakolatiga kiruvchi ma'lumotlarni taqdim etishni istamayapti yoki IIBda tashkil etilayotgan brifingni kichik sanab, mensimayapti, degan fikrga ham borish mumkin. Balki, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatida oshkoralik va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha davlat rahbari tomonidan qo‘yilayotgan vazifa Toshkent viloyati prokuraturasiga tegishli emasdir, kim bilsin?
Biroq biz bunday yomon gumonga borishdan yiroqmiz. Viloyat prokuraturasi yaqin orada shov-shuvli matbuot brifingi emas, matbuot anjumani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, ne ajab!
Tolib Rahmatov, Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
11:50 / 08.06.2026
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
09:15 / 08.06.2026
Barcha hokimlar Toshkent viloyati tajribasini o‘rganmoqda
08:27 / 22.05.2026
Bekobodda “bangixona” tashkil qilgan jinoyatchilar fosh etildi
08:26 / 16.05.2026